Linux / Server
Linux server ichida so'rov, process, port, socket va huquqlar qanday ishlashini vizual ko'ring.
DevOps · Konteynerlash
docker run buyrug'i image'ni yuklab, uni Linux yadrosida izolyatsiyalangan process'ga aylantirishini qadamma-qadam kuzating. So'ng Laravel, MariaDB va Redis'ni Compose bilan bitta tarmoqqa ulang.
docker compose up -d Servislar, portlar, volume'lar va bog'liqliklar tasvirlangan YAML fayl.
shop_default Compose loyiha uchun yaratadigan bridge tarmoq. Ichida servis nomlarini IP'ga aylantiruvchi DNS ishlaydi.
shop_db-data Database fayllari uchun doimiy ombor. Container o'chirilsa ham saqlanadi.
mariadb:11 MariaDB container'i. Port tashqariga ochilmagan, faqat ichki tarmoqda db:3306 sifatida ko'rinadi.
redis:7-alpine Kesh va navbatlar uchun Redis container'i: redis:6379.
service_healthy Compose app'ni ishga tushirishdan oldin database haqiqatan so'rov qabul qilishini kutadi.
nginx + php-fpm Laravel ilovasi. Image joriy papkadagi Dockerfile'dan yig'iladi, 8080-port host'ga ochiladi.
localhost:8080 Uchala servis ishlayapti va bir-birini nomi bilan topadi.
01 Kirish
Docker — ilovani barcha bog'liqliklari bilan birga image ichiga qadoqlab, istalgan Linux serverda bir xil ishga tushirish platformasi. "Mening kompyuterimda ishlayapti edi" muammosi shu bilan yo'qoladi.
Container virtual mashina emas, oddiy Linux process. Yadro uni namespace'lar bilan boshqa process'lardan ajratadi va cgroups bilan resursini cheklaydi. Shuning uchun container tez ishga tushadi va kam xotira oladi.
Docker ikki qismdan iborat: siz buyruq yozadigan docker CLI va ishni bajaradigan dockerd daemon. Image'lar registry'da saqlanadi, doimiy ma'lumot volume'da, container'lar esa network orqali bir-biri bilan gaplashadi.
Hayotiy o'xshatish
Docker'ni yuk konteyneri deb tasavvur qiling: ichida nima bo'lishidan qat'i nazar, u har qanday kema, poyezd yoki kranga bir xil standart bilan yuklanadi. Image — konteyner chizmasi, container — shu chizma bo'yicha yasalib, yo'lga chiqqan konteyner.
02 Qanday ishlaydi
Bitta buyruq CLI'dan chiqib, daemon, registry va Linux yadrosidan o'tadi va Browser'da ochiladigan web serverga aylanadi. Pastga aylantiring.
Siz docker run -p 8080:80 nginx yozasiz. CLI buni Engine API'ning POST /containers/create so'roviga aylantirib, Unix socket orqali daemon'ga yuboradi.
dockerd lokal keshdan nginx:latest ni qidiradi: tag yozilmasa, Docker latest deb hisoblaydi. Image topilmadi, demak avval uni yuklash kerak.
Docker Hub'dan avval manifest olinadi: unda image qaysi layer'lardan iborati yozilgan. So'ng har bir layer alohida yuklanadi, diskda bor layer'lar esa qayta yuklanmaydi.
Layer'lar ochilib, overlay2 fayl tizimida bir-birining ustiga qo'yiladi. Eng tepaga container uchun yupqa yoziladigan qatlam qo'shiladi, image'ning o'zi esa o'zgarmaydi.
dockerd container'ni containerd'ga topshiradi. containerd shim jarayonini ochadi, shim esa OCI spetsifikatsiyasi (config.json) bilan runc ni chaqiradi.
runc yadrodan yangi namespace'lar so'raydi: pid, net, mnt, uts, ipc. cgroups orqali CPU va xotira limitlari qo'yiladi, fayl tizimining ildizi esa layer'lar to'plamiga almashtiriladi.
Image'dagi CMD bajariladi: nginx -g 'daemon off;'. runc ishini tugatib chiqadi, process'ni shim kuzatib turadi. Container ichidan qaraganda nginx tizimdagi yagona process.
Container bridge tarmog'idan IP oladi, masalan 172.17.0.2. -p 8080:80 uchun NAT qoidasi yoziladi: host'ning 8080-portiga kelgan trafik container'ning 80-portiga yo'naltiriladi.
Siz http://localhost:8080 ni ochasiz. TCP ulanish host'ning 8080-portiga keladi.
Yadro NAT qoidasi bo'yicha paket manzilini 172.17.0.2:80 ga almashtiradi va uni container'ning virtual tarmoq interfeysiga yuboradi.
nginx index.html ni o'qib, 200 OK javobini qaytaradi. So'rov access log'ga yoziladi va uni docker logs orqali ko'rish mumkin.
Javob NAT orqali qaytib, Browser'ga yetadi. Ekranda "Welcome to nginx!" sahifasi paydo bo'ladi.
03 Arxitektura
Bitta Linux serverda Docker Engine bir nechta izolyatsiyalangan container'ni boshqaradi. Ular umumiy yadro, image, volume va network resurslaridan foydalanadi.
Docker Host Linux server
Docker o'rnatilgan server: container'lar shu mashina yadrosini bo'lishib ishlaydi.
Docker Engine daemon
API'ni qabul qiladi va container'lar hayotini boshqaradi.
Engine API container hayoti OCI runtime Container: app shop-app-1
Laravel ilovasi: web server va PHP bitta container ichida.
:80 Laravel Container: db mariadb:11
Database server. Fayllari volume'da saqlanadi.
:3306 volume: db-data Container: redis redis:7-alpine
Kesh, sessiya va navbatlar uchun xotiradagi ombor.
:6379 snapshot Resurslar umumiy
Container'lar foydalanadigan, lekin ulardan alohida yashaydigan obyektlar.
read-only layers doimiy ma'lumot bridge · DNS 04 Asosiy qismlar
Read-only shablon: fayl tizimi layer'lari va ishga tushirish sozlamalari. Bitta image'dan istalgancha container yaratiladi.
Image'ning ishlab turgan nusxasi: ustida yoziladigan qatlami bor, izolyatsiyalangan Linux process.
Image qanday yig'ilishini qadamma-qadam yozadigan matnli fayl: FROM, RUN, COPY, CMD.
Image'lar ombori: Docker Hub, GitHub Container Registry yoki o'zingizniki. docker push va docker pull shu yerga murojaat qiladi.
Docker boshqaradigan doimiy ombor. Container o'chirilsa ham ma'lumot, masalan database fayllari, saqlanadi.
Container'larni bog'laydigan virtual tarmoq. Bir tarmoqdagi servislar bir-birini nomi bilan topadi.
Ko'p container'li ilovani bitta YAML faylda tasvirlab, docker compose up bilan birga ko'taradi.
dockerd, containerd va runc: API'ni qabul qiladigan, image'larni boshqaradigan va container'larni ishga tushiradigan qism.
05 Vizual misollar
Har bir tushuncha o'z diagrammasi bilan: ustiga olib boring, bosing va jarayonni kuzating.
Dockerfile — retsept, image — undan yig'ilgan o'zgarmas paket, container — shu paketdan ishga tushgan process.
FROM php:8.3-fpm Image qanday yig'ilishini yozadi. docker build -t shop:1.0 . Har bir ko'rsatma bajarilib, natijasi alohida layer bo'lib saqlanadi. shop:1.0 · layers O'zgarmas, versiyalangan paket. Registry'ga push qilish mumkin. docker run -d shop:1.0 Image ustiga yoziladigan qatlam qo'shib, process'ni ishga tushiradi. Up 3 seconds Ishlab turgan, izolyatsiyalangan ilova. Image o'zgarmaydi. Kodni yangilash uchun yangi image yig'iladi va container qayta yaratiladi.
Har bir Dockerfile ko'rsatmasi bitta layer. Biror layer o'zgarsa, undan yuqoridagi hamma layer qayta quriladi, pastdagilari esa keshdan olinadi.
yoziladigan · vaqtinchalik Container ishlayotganda yozilgan fayllar shu yerda. Container o'chirilsa, bu qatlam ham yo'qoladi.
ilova kodi · tez-tez o'zgaradi Kod deyarli har commit'da o'zgaradi, shuning uchun u eng yuqorida turadi.
vendor/ composer.lock o'zgarmagan bo'lsa, bu layer keshdan olinadi va build bir necha soniyada tugaydi.
faqat bog'liqliklar ro'yxati Bog'liqliklar ro'yxati koddan alohida nusxalanadi: aynan shu cache'ni saqlab qoladi.
PHP kengaytmalari Kamdan-kam o'zgaradigan tizim sozlamalari pastda turadi.
base image Asos: Debian va PHP-FPM. Bir xil base image'dan yig'ilgan image'lar bu layer'larni diskda bo'lishadi.
Container IP manzili har qayta yaratilganda o'zgarishi mumkin. Shuning uchun ilova db nomidan foydalanadi, IP'ni esa Docker'ning ichki DNS'i topib beradi.
GET /orders
So'rov host'ning 8080-porti orqali app container'iga keladi. db ?
Laravel DB_HOST=db bo'yicha ulanmoqchi. Container ichidagi resolver Docker'ning ichki DNS serveriga (127.0.0.11) murojaat qiladi. 172.18.0.3
Docker db container'ining joriy IP manzilini qaytaradi. TCP db:3306 · SELECT
PDO MariaDB'ga ulanib, so'rov yuboradi. 3306-port host'ga ochilmagan, u faqat ichki tarmoqda ko'rinadi. 24 rows
Natija app'ga qaytadi. 200 OK · HTML
Laravel sahifani yig'ib, Browser'ga qaytaradi. VM butun kompyuterni virtuallashtiradi, container esa faqat process'ni ajratadi. Shuning uchun ular turli vazifalar uchun mos.
| Container | Virtual mashina (VM) | |
|---|---|---|
| Nima ajratiladi | Process: namespaces va cgroups | Butun kompyuter: hypervisor virtual uskuna beradi |
| Yadro (kernel) | Host yadrosi umumiy | Har bir VM'da o'z yadrosi va OS'i |
| Ishga tushish | Tez: faqat process boshlanadi | Sekinroq: to'liq OS yuklanadi |
| Hajm | Odatda megabaytlar | Odatda gigabaytlar |
| Izolyatsiya | Yetarli, lekin yadro umumiy | Kuchliroq: alohida yadro |
| Boshqa OS | Linux container'ga Linux yadrosi kerak: Mac va Windows'da Docker Desktop yengil VM ishlatadi | Istalgan OS, masalan Linux ichida Windows |
| Odatiy ish | Mikroservislar, CI, bir xil dev muhit | To'liq izolyatsiya, boshqa OS, eski tizimlar |
06 Interaktiv simulyatsiya
Bitta buyruq tarmoq, volume va uchta servisni to'g'ri tartibda yaratadi. Run tugmasini bosing va har bir resurs qachon paydo bo'lishini kuzating. «Stack'ni ko'tarish» tugmasini bosing yoki bosqichma-bosqich yuring. Istalgan tugun ustiga boring yoki bosing: uning vazifasi ochiladi.
docker compose up -d Servislar, portlar, volume'lar va bog'liqliklar tasvirlangan YAML fayl.
shop_default Compose loyiha uchun yaratadigan bridge tarmoq. Ichida servis nomlarini IP'ga aylantiruvchi DNS ishlaydi.
shop_db-data Database fayllari uchun doimiy ombor. Container o'chirilsa ham saqlanadi.
mariadb:11 MariaDB container'i. Port tashqariga ochilmagan, faqat ichki tarmoqda db:3306 sifatida ko'rinadi.
redis:7-alpine Kesh va navbatlar uchun Redis container'i: redis:6379.
service_healthy Compose app'ni ishga tushirishdan oldin database haqiqatan so'rov qabul qilishini kutadi.
nginx + php-fpm Laravel ilovasi. Image joriy papkadagi Dockerfile'dan yig'iladi, 8080-port host'ga ochiladi.
localhost:8080 Uchala servis ishlayapti va bir-birini nomi bilan topadi.
«Stack'ni ko'tarish» tugmasini bosing
Yoki istalgan tugunni tanlang: uning vazifasi shu yerda ochiladi.
Tanlangan tugun
07 Kod va oqim
Chapda Laravel stack'ining Compose fayli, o'ngda u yaratadigan resurslar. Har bir qadamda qaysi qator qaysi resursni tasvirlashi bir vaqtda ko'rinadi.
services: app: build: . ports: - "8080:80" environment: DB_HOST: db REDIS_HOST: redis depends_on: db: condition: service_healthy db: image: mariadb:11 environment: MARIADB_DATABASE: shop MARIADB_ROOT_PASSWORD: ${DB_PASSWORD} volumes: - db-data:/var/lib/mysql healthcheck: test: ["CMD", "healthcheck.sh", "--connect", "--innodb_initialized"] interval: 10s redis: image: redis:7-alpinevolumes: db-data:
docker compose up Butun stack'ning tavsifi.
build: . · :8080 Laravel container'i: Nginx + PHP-FPM.
shop_default · DNS Servislar bir-birini nomi bilan topadigan tarmoq.
mariadb:11 MariaDB database server.
service_healthy Database tayyorligini tekshiradi.
db-data Database fayllari uchun doimiy ombor.
redis:7-alpine Kesh va navbatlar.
08 Mavzular
19 ta mavzu, har biri qisqa izoh va kichik diagramma bilan. Ochgan mavzuingiz progressga qo'shiladi.
Ilovani kutubxonalari, runtime'i va sozlamalari bilan birga bitta image'ga qadoqlash vositasi. Image istalgan Docker o'rnatilgan serverda bir xil ishlaydi.
Read-only layer'lar va metadata to'plami. Image nomi repository:tag ko'rinishida bo'ladi, masalan nginx:alpine yoki shop:1.0.
docker images Image'dan yaratilgan va ishlab turgan process. Holatlari: created, running, exited. To'xtatilgan container'ni qayta ishga tushirish yoki o'chirish mumkin.
docker run -d --name web -p 8080:80 nginx Image retsepti: FROM asosni tanlaydi, RUN buyruq bajaradi, COPY fayl nusxalaydi, CMD ishga tushadigan process'ni belgilaydi.
docker build -t shop:1.0 . Image'lar registry'da saqlanadi va tag bilan versiyalanadi. Server image'ni yig'maydi, tayyorini registry'dan pull qiladi.
docker push ghcr.io/ali/shop:1.0 Container porti tashqaridan ko'rinmaydi. -p HOST:CONTAINER host portini container portiga bog'laydi. 127.0.0.1: prefiksi portni faqat serverning o'ziga ochadi.
docker run -p 127.0.0.1:8080:80 nginx Docker boshqaradigan doimiy ombor. Database fayllari volume'da tursa, container o'chirilib qayta yaratilganda ham ma'lumot yo'qolmaydi.
docker run -v db-data:/var/lib/mysql mariadb:11 Host'dagi aniq papkani container ichiga ulaydi. Development'da qulay: kodni o'zgartirasiz va container darhol yangi faylni ko'radi.
docker run -v $PWD:/var/www/html php:8.3-apache Foydalanuvchi yaratgan bridge tarmog'ida container'lar bir-birini nomi bilan topadi. Default bridge tarmog'ida esa nom bo'yicha DNS ishlamaydi.
docker network create shop Bir nechta servis, tarmoq va volume'ni bitta compose.yaml da yozib, bitta buyruq bilan ko'tarish va to'xtatish.
docker compose up -d --build Docker har ko'rsatma natijasini keshlaydi. Kesh birinchi o'zgargan qatordan boshlab buziladi, shuning uchun kam o'zgaradigan qadamlar yuqorida yoziladi.
docker build --progress=plain -t shop . Build context daemon'ga to'liq yuboriladi. .dockerignore keraksiz va maxfiy fayllarni (.git, vendor, .env) undan chiqarib tashlaydi: build tezlashadi, secret image'ga tushmaydi.
printf '.git\nvendor\nnode_modules\n.env\n' > .dockerignore Bitta Dockerfile'da bir nechta FROM. Assets yoki bog'liqliklar og'ir build image'da yig'iladi, yakuniy image'ga esa faqat natija nusxalanadi.
COPY --from=assets /app/public/build /var/www/html/public/build Container ichida davriy bajariladigan tekshiruv. Process ishlab tursa-yu, ilova javob bermasa, holat unhealthy bo'ladi.
HEALTHCHECK --interval=30s CMD curl -f http://localhost/up || exit 1 Docker container'ning stdout va stderr oqimini yig'adi: docker logs shuni ko'rsatadi. exec esa ishlab turgan container ichida yangi buyruq bajaradi.
docker compose exec app php artisan migrate Namespace process ko'radigan dunyoni (PID'lar, tarmoq, fayl tizimi) ajratadi. cgroups esa CPU, xotira va I/O sarfini cheklaydi.
docker run --memory=512m --cpus=1 nginx VM o'z yadrosi bilan to'liq OS'ni ishga tushiradi. Container host yadrosini bo'lishadi, shuning uchun yengilroq, lekin izolyatsiyasi zaifroq.
Sozlamalar image'ga emas, ishga tushirish paytida beriladi. Shunda bitta image staging va production'da turli sozlama bilan ishlaydi.
docker run --env-file .env shop:1.0 Process yiqilsa yoki server qayta yuklansa, Docker container'ni o'zi qayta ishga tushiradi. unless-stopped qo'lda to'xtatilganini qayta yoqmaydi.
docker run -d --restart unless-stopped shop:1.0 09 Amaliyot
Database fayllari container'ning yoziladigan qatlamida qolsa, docker rm yoki image yangilanganda hammasi yo'qoladi.
Doimiy ma'lumot uchun named volume ishlating: -v db-data:/var/lib/mysql.
App container ichida DB_HOST=127.0.0.1 app'ning o'zini ko'rsatadi, database esa boshqa container'da. Natija: Connection refused.
Bir tarmoqdagi servisga nomi bilan murojaat qiling: DB_HOST=db.
Har qanday kod o'zgarishi composer install layer'ining keshini buzadi va har build bog'liqliklarni noldan yuklaydi.
Avval composer.json va composer.lock ni nusxalab composer install qiling, kodni esa undan keyin nusxalang.
.git, vendor, node_modules va .env build context'ga ketadi: build sekinlashadi, maxfiy kalitlar esa image ichiga tushib qolishi mumkin.
Loyihaga .dockerignore qo'shing va image'ga kerak bo'lmagan hamma narsani chiqarib tashlang.
ENV DB_PASSWORD=... yoki COPY .env image layer'lariga abadiy yoziladi. Image'ni olgan har kim ularni docker history yoki fayllardan o'qiy oladi.
Secret'larni ishga tushirishda bering: --env-file, Compose environment yoki Docker secrets.
-p 3306:3306 database'ni internetga ochadi. Docker o'z iptables qoidalarini yozgani uchun ufw kabi firewall qoidalari chetlab o'tilishi mumkin.
Ichki servislarga port ochmang. Kerak bo'lsa faqat lokal ulang: 127.0.0.1:3306:3306.
latest o'rniga php:8.3-fpm kabi aniq versiya yozing: bugun va bir oydan keyin yig'ilgan image bir xil bo'ladi.
Build vositalari yakuniy image'ga tushmasin. Image kichik bo'lsa, tezroq yuklanadi va hujum yuzasi kamayadi.
Dockerfile oxirida USER www-data kabi oddiy foydalanuvchiga o'ting: ilova buzilsa ham hujumchi root bo'lib qolmaydi.
Container istalgan payt o'chirilib, qayta yaratilishi mumkin. Holatni volume, database yoki tashqi omborda saqlang.
Ilova log'ini fayl o'rniga stdout va stderr'ga chiqaring: docker logs va log yig'uvchi tizimlar ularni avtomatik oladi.
Har servisga healthcheck yozing va restart: unless-stopped qo'shing: osilib qolgan yoki yiqilgan container o'zi tiklanadi.
10 Mini test
5 ta savol. Javobni tanlang: darhol to'g'ri yoki noto'g'ri ekanini va sababini ko'rasiz.
FROM bosqichli Dockerfile: yakuniy image'ga faqat kerakli natija nusxalanadi.