TeleVault kanal va guruhlardagi media fayllarni kompyuteringizga tartibli saqlashga yordam beradi.
Telegram Web’da rasm yoki videoni ochsangiz, yuklab olish tugmasi chiqadi. Butun kanal kerak bo’lsa, Alt+Shift+D bilan skanerni ochasiz: postlarni tur, sana, hajm yoki kalit so’z bo’yicha saralab, keraklilarini bir yo’la yuklaysiz.
Imkoniyatlar:
• Rasm, video, GIF, dumaloq video, fayl, musiqa va ovozli xabarlarni yuklash
• Kanal skaneri: tur, sana, hajm, davomiylik va kalit so’z bo’yicha filtr
• Siz tanlagan papkaga saqlash, fayl nomi va papka tuzilmasini o’zingiz sozlaysiz
• Faqat yangi postlarni yuklash, bir nechta kanalni birdaniga yangilash
• Uzilgan yuklash to’xtagan joyidan davom etadi
• Har bir kanal uchun qidiruvli oflayn arxiv (index.html)
• Qaysi kanaldan qancha yuklanganini ko’rsatadigan statistika
Kanal egasi kontentni saqlashni cheklagan bo’lsa (“Restrict saving content”), TeleVault u yerdan hech narsa yuklamaydi.
Maxfiylik: kengaytmaning serveri, reklamasi va kuzatuv kodi yo’q. Sozlamalar va yuklash tarixi faqat brauzeringizda saqlanadi, fayllar esa siz tanlagan papkaga tushadi.
Kengaytmadan faqat o’zingizga tegishli yoki saqlashga ruxsat berilgan kontent uchun foydalaning.





Muallif: Adham Idiboyev (@SuperMix).