XURSHID RASULOV - ILK MUHABBAT
XURSHID RASULOV - ILK MUHABBAT

ILK MUHABBAT

XURSHID RASULOV
XURSHID RASULOV — ILK MUHABBAT 2025

XURSHID RASULOV - ILK MUHABBAT

Dilga qancha ozorlarni solib ketgan
Qalbimdan ham oromimni olib ketgan
Ta'rifiga she'r yozolmay qiynolaman
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

Yig'lama deb hatto izimdan kulib ketdi
Unutganday sevishimni bilib ketdi
Mudroq ko'ngil yolg'onlarga ko'nib ketdi
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan
Ta'rifiga she'r yozolmay qiynolaman
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

Xotiramda shirin azob bo'lib qoldi
Singan ko'ngil dardin ichga yutib qoldi
Bugun yana tor ko'chada ko'zim toldi
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

Unutolmay yonganim ham o'zi edi
Hayolimni olgan shirin so'zi edi
Beg'uborlik sho'xligim ham qayda qoldi
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan
Ta'rifiga she'r yozolmay qiynolaman
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

Balki u ham xuddi mendek yonsa kerak
Sog'inganda tor ko'chaga borsa kerak
Endi mangu yuragimda qolsa kerak
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

Dilga qancha ozorlarni solib ketgan
Qalbimdan ham oromimni olib ketgan
Ta'rifiga she'r yozolmay qiynolaman
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan
Ta'rifiga she'r yozolmay qiynolaman
Ilk muhabbat yuragimda qolib ketgan

0:00 0:00